PREMIUM: 10 kunlik 2700 usd
10 kunlik dastur quidagilarni o'z ichiga oladi:
Madina hamda Makka shaharlariga tashrif buyurgan ziyoratchilarimiz 10 kunlik dastur davomida 4 kun Madina hamda 6 kun Makka shaharlarida mehmonhona xizmatlaridan foydalanadilar.
Mehmonxona al-Haram masjidi hududida joylashgan. Makkah Clock Royal Tower, A Fairmont Hotel
Mehmonxonalar shinam 5 yulduzli bo'lib unda ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar mavjud.
Yotoqxona: 2 va 3 kishi uchun mo'ljallangan bo'lib alohida alohida yotoq krovatlaridan iborat.
Umumiy ovqatlanish zali.
Hammom hamda Xojatxona (shampun,sovun,sochiq,fen va boshqa gigienik vositalar).
Konditsioner.
Muzlatgich.
Televizor.
Pul va hujjatlarni saqlash uchun Seyf.
Internet tarmog'iga ulanish uchun bepul Wifi.
Lift va boshqa xizmatlarni o'z ichiga oladi.
bevosita Toshkent shahridan Jidda shahriga,
Jidda shahridan Toshkent shahriga to'gridan tog'ri parvozlarni SIZ ISTAGAN KUNINGIZDA amalga oshiradi.
Ziyoratchilar safar davomida mehmonxona restoranida shved uslubida ertalabki nonushtalarni tanovvul qilishlari hamda qo'shimcha haq evaziga O'zbek va Turk milliy taomlaridan tushlik hamda kechqurungi taomlanish vaqtlarida tanovvul qilishlari mumkin bo'ladi.
Ziyorat davomida ziyoratchilar
Madina shahrida:
Qur'oni Karim muzeyi hamda bosmaxonasi, Xurmo bog'lari, Uhud tog'i, Masjid al-Qiblatayin, Qubo masjidi, Jannat al-Baqi qabristoni, Xandaq g'azzoti maydoni bo'ylab ziyorat qilishadi.
Makka shahrida:
Jabbal al-Savr tog'i, Hiro g'ori (Nur g'ori) , Arofat tog'i, Mino hamda Muzdalifa, Jamorot(shaytonga tosh otadigan joy) hamda Jin masjidi bo'ylab ziyorat qilishadi.
Izoh: to'lovlar O'zbekiston Respublikasi markaziy bank kursi bo'yicha O'zbekiston milliy valyutasida qabul qilinadi.
Eslatma! Sayt materiallaridan har qanday ko'rinishda foydalanganda ham manba ko'rsatilishi shart. Har bir sahifa mualliflik huquqi asosida tayyorlangan.