Oilaviy umra ziyoratiga boruvchilar uchun maxsus chegirmali tarif
Izoh: XAZINA tarifi eng kami 3 kishi va undan ortiq bo'lgan katta guruhlar uchun mo'ljallangan
(3 kishidan kam bo'lgan ziyoratchilar ushbu chegirmali tarifga qo'shilisha olishmaydi)
XAZINA : 15 kunlik 1600 usd
15 kunlik safar quidagilarni o'z ichiga oladi:
Madina hamda Makka shaharlariga tashrif buyurgan ziyoratchilarimiz 11 kunlik dastur davomida 4 kun Madina hamda 7 kun Makka shaharlarida mehmonxona xizmatlaridan foydalanadilar.
al-Haram masjididan uzoqlik masofasi: 50 metrdan 1000 metrgacha .
Mehmonxonalar shinam 4 va 4 yulduzli bo'lib unda ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar mavjud.
Yotoqxona: 3 va 4 kishi uchun mo'ljallangan bo'lib alohida alohida yotoq krovatlaridan iborat.
Umumiy ovqatlanish zali.
Hammom hamda Xojatxona (shampun,sovun,sochiq,fen va boshqa gigienik vositalar).
Konditsioner.
Muzlatgich.
Televizor.
Internet tarmog'iga ulanish uchun bepul Wifi.
Lift va boshqa xizmatlarni o'z ichiga oladi.
Ziyoratchilar safar davomida mehmonxona restoranida shved uslubida ertalabki nonushtalarni hamda kechqurungi taomlarni tanovvul qilishlari mumkin bo'ladi.
Ziyorat davomida ziyoratchilar
Madina shahrida:
Qur'oni Karim muzeyi hamda bosmaxonasi, Xurmo bog'lari, Uhud tog'i, Masjid al-Qiblatayin, Qubo masjidi, Jannat al-Baqi qabristoni, Xandaq g'azzoti maydoni bo'ylab ziyorat qilishadi.
Makka shahrida:
Jabbal al-Savr tog'i, Hiro g'ori (Nur g'ori) , Arofat tog'i, Mino hamda Muzdalifa, Jamorot(shaytonga tosh otadigan joy) hamda Jin masjidi bo'ylab ziyorat qilishadi.
Aviakompaniya qatnov sanalariga qarab:
bevosita Toshkent shahridan Jidda shahriga,
Jidda shahridan Toshkent shahriga to'gridan tog'ri parvozlarni amalga oshiradi.
Eslatma! Sayt materiallaridan har qanday ko'rinishda foydalanganda ham manba ko'rsatilishi shart. Har bir sahifa mualliflik huquqi asosida tayyorlangan.