OLTIN: 20 kunlik 2500 usd
20 kunlik dastur quidagilarni o'z ichiga oladi:
Madina hamda Makka shaharlariga tashrif buyurgan ziyoratchilarimiz 20 kunlik dastur davomida 9 kun Madina hamda 11 kun Makka shaharlarida mehmonhona xizmatlaridan foydalanadilar.
al-Haram masjididan uzoqlik masofasi: 50 metrdan 2500 metrgacha.
Mehmonxonalar shinam 5 va 5 yulduzli bo'lib unda ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar mavjud.
Yotoqxona: 3 va 4 kishi uchun mo'ljallangan bo'lib alohida alohida yotoq krovatlaridan iborat.
Umumiy ovqatlanish zali.
Hammom hamda Xojatxona (shampun,sovun,sochiq,fen va boshqa gigienik vositalar).
Konditsioner.
Muzlatgich.
Televizor.
Internet tarmog'iga ulanish uchun bepul Wifi.
Lift va boshqa xizmatlarni o'z ichiga oladi.
Ziyoratchilar safar davomida mehmonxona restoranida shved uslubida ertalabki nonushtalarni tanovvul qilishlari hamda O'zbek va Turk milliy taomlaridan tushlik hamda kechqurungi ovqatlanish vaqtlarida tanovvul qilishlari mumkin bo'ladi.
Aviakompaniya qatnov sanalariga qarab:
bevosita Toshkent shahridan Jidda shahriga,
Jidda shahridan Toshkent shahriga to'gridan tog'ri parvozlarni amalga oshiradi.
Ziyorat davomida ziyoratchilar
Madina shahrida:
Qur'oni Karim muzeyi hamda bosmaxonasi, Xurmo bog'lari, Uhud tog'i, Masjid al-Qiblatayin, Qubo masjidi, Jannat al-Baqi qabristoni, Xandaq g'azzoti maydoni bo'ylab ziyorat qilishadi.
Makka shahrida:
Jabbal al-Savr tog'i, Hiro g'ori (Nur g'ori) , Arofat tog'i, Mino hamda Muzdalifa, Jamorot(shaytonga tosh otadigan joy) hamda Jin masjidi bo'ylab ziyorat qilishadi.
Eslatma! Sayt materiallaridan har qanday ko'rinishda foydalanganda ham manba ko'rsatilishi shart. Har bir sahifa mualliflik huquqi asosida tayyorlangan.