Home \ Umra qanday ibodat ?

Umra qanday ibodat ?

Haj mavsumi tugab Umra mavsumi boshlanishi bilan ko'pchilikni qiziqtirgan savol kelib chiqadi ya'ni Umra qanday ibodat ? Umrani qachon va qaysi vaqt bajarsa bo'ladi ? yoki umuman Hajga borgan odam Umra ziyoratiga borishi shartmi yoki aksincha Umraga borgan ziyoratchi Haj safariga borishi shartmi? Umra ziyoratini Haj safaridan qanday farqlari bor ? degan savol bilan ko'plab murojatlar bo'lgani uchun bugun biz siz azizlarga ushbu ibodat haqida to'liq ma'lumot berib o'tishga harakat qilamiz.


"UMRA" Arab tilida "ZIYORAT" degan ma'noni anglatadi. Shar'iy istilohda esa Harami Sharifni belgilangan tartibda ziyorat qilish demakdir. Umra — islom anʼanasida kichik haj deb ham yuritiladi.Hajdan farqli o'laroq, bu ixtiyoriy va Musulmon bandalar  tomonidan Allohga sodiqlikni ko'rsatish uchun ixtiyoriy ravishda qilinadigan amal hisoblanadi. Payg'ambar (s.a.v.) aytdilar: “Umra-umragacha bo‘lgan xatolarga kafforatdir. Haji mabrurning mukofoti esa faqat Jannatdur ". 
Umra ibodatida quidagi amallar bajariladi:
Exrom bog'lanadi;
Ka'bani tavof qilinadi (yetti marta yoki undan ortiq);
Safo va Marva sa'y qilinadi;
Soch to'liq oldiriladi yoki qisqartiriladi

Umrani qachon va qaysi vaqt bajarsa bo'ladi ? Umra ziyoratini muayyan vaqti yo'q ya'ni yil o'n ikki oy davomida bajarish mumkin ammo Haj uchun ajratilgan kunlar  (Arafa kuni, Iydu-Qurbon hayitining birinchi kuni va tashriq (Zulhijjaning 11-, 12-, 13-kunlari) bundan mustasno. Chunki bu kunlar Haj arkonlari bajariladigan kunlardir.

Umra ziyoratini Haj safaridan qanday farqlari bor ? Haj va Umra ziyoratidagi asosiy farqlar quidagilardir:
Haj farz amal bo'lsa Umra sunnati muakkadadir;
Umra uchun ma'lum vaqt belgilanmagan (Haj safari uchun esa aniq vaqt belgilab qo'yilgan);
Umra ziyoratida  Arofatda vaquf qilinmaydi;
Umra ziyoratida  Muzdalifada turish yo'q;
Umra ziyoratida shaytonga tosh otilmaydi;
Umra ziyoratida ikki vaqt namozini jam’ qilish yo‘q;
Umra ziyoratida qudum (tashrif) hamda vido tavofi qilinmaydi.

UMRA SAFARI 2023-YIL YANVAR OYI UCHUN TUZILGAN GURUHLAR RO'YXATI

⏺ 4 - Yanvar  Toshkent  Jeddah 
⏺ 18- Yanvar Jeddah  Toshkent 

⏺ 11- Yanvar  Toshkent  Jeddah 
⏺ 25- Yanvar  Jeddah  Toshkent 

⏺ 18- Yanvar  Toshkent  Jeddah 
⏺ 01- Fevral  Jeddah  Toshkent 

⏺ 25- Yanvar Toshkent  Jeddah 
⏺ 08-Fevral  Jeddah  Toshkent

Diqqat o'rinlar soni chegaralanganligi bois operator bilan bog'lanib shartnoma asosida o'z o'rningizni band qilishingizni so'rab qolamiz! 

Bizning manzilimiz: Toshkent shahri Chilonzor 5 mavzesi Qatortol ko'chasi 25-2,indeks 100096 mo'ljal Sport buyumlari do'koni, Asdecor

+998 (71) 278-62-65

+998 (97) 740-62-65

JOYNI BAND QILISH




Eslatma! Sayt materiallaridan har qanday ko'rinishda foydalanganda ham manba ko'rsatilishi shart. Har bir sahifa mualliflik huquqi asosida tayyorlangan.

Umra ziyoratiga
online ro'yxatdan o'tish
Batafsil ma'lumot olish uchun qo'ng'iroq qiling
Разнообразный и богатый опыт
Значимость этих проблем
Значимость этих проблем
Значимость этих проблем
Наверх
Адрес:
Bizning manzilimiz:Toshkent shahri Chilonzor 5 mavzesi Qatortol ko'chasi 25-2,indeks 100096 mo'ljal Sport buyumlari do'koni, Asdecor