Har yili, ma'lum vaqt mobaynida, Makkadagi Al-Haram masjidida oq kiyimli (exrom bog'lagan) millionlab insonlarni uchratishimiz mumkin, Haj mavsumida Al-Haram masjidi o'z atrofida namoz o'qiyotgan millionlab musulmonlarni to'playdi. Makkaga Haj ziyoratiga boradigan Haj amallarini bajarish uchun har yili Zulhijja oyida Makka shahriga tashrif buyuradilar. Hoji nima? Nima uchun musulmonlar buni qiladilar? bu savollarga quidagi maqolamizda siz azizlarga javob berishga harakat qilamiz.
Haj - islom dinining besh asosiy ruknidan biri boʻlib, balogʻat yoshiga toʻlgan, mustaqil ziyorat qilishga jismoniy va moliyaviy qurbi yetadigan har bir musulmon uchun farzdir.
Haj soʻzi "qasd qilish" degani. Yaʼni maxsus amallarni, maʼlum joyda, muayyan vaqtda ado etish maʼnosini bildiradi. Shu oʻrinda maxsus joy — Kaaba va Arafot, muayyan vaqt — Haj mavsumi, yaʼni Zulqaʼda va Zulhijja oylarining birinchi oʻn kuni. Maxsus amal esa — Tavof qilish va Arafotda turishdir. 2023 yilda Haj mavsumi 26-iyun JUMA kuni boshlanib, 2023 yil 01-iyulgacha davom etadi. Bu dastlabki taxminiy sana xisoblanadi, chunki haqiqiy sana Zulhijjaning oyiga bog'liq.
Haj safari 2023 - yil reyslar 10 - iyundan boshlanadi.
Diqqat o'rinlar soni chegaralanganligi bois operator bilan bog'lanib shartnoma asosida o'z o'rningizni band qilishingizni so'rab qolamiz!
Bizning manzilimiz: Toshkent shahri Chilonzor 5 mavzesi Qatortol ko'chasi 25-2,indeks 100096 mo'ljal Sport buyumlari do'koni, Asdecor
+998 (71) 278-62-65